“Victorian Psycho” horror-trillerining to‘liq treyleri e’lon qilindi
E’lon qilingan sana: · 210

Film yozuvchi Virjiniya Feytoning shu nomdagi romani asosida suratga olingan.
Bleecker Street studiyasi “Victorian Psycho” (Psixopatka) horror-trillerining ilk to‘liq treylerini taqdim etdi.
Film voqealari 1858-yilda sodir bo‘ladi. G‘ayrioddiy enaga Uinifred Notti badavlat oilaning farzandlariga qarash uchun chekka hududdagi gotika uslubidagi Ensor House mulkiga keladi. Oradan ko‘p o‘tmay xizmatkorlar sirli tarzda g‘oyib bo‘la boshlaydi, uy egalari esa yangi enaganing ortida qandaydir dahshatli sir yashiringanidan shubhalana boshlaydi.
Filmga Zakari Uigon (“Stop-so‘z”) rejissyorlik qilgan. Bosh rolni esa Mayka Monro (“Longlegs”, “It Follows”) ijro etgan.
Filmning AQSHdagi premyerasi 25-sentabrga rejalashtirilgan.