“Wicker” filmining ilk treyleri e’lon qilindi

E’lon qilingan sana· 751
“Wicker” filmining ilk treyleri e’lon qilindi

Film Ursula Uills-Jonsning “The Wicker Husband” hikoyasi asosida suratga olingan.

Black Bear kinokompaniyasi rejissyorlar Aleks Xaston Fisher va Eleonora Uilsonning romantik fantastik komediyasi “Wicker” filmining ilk treylerini taqdim etdi. Film Ursula Uills-Jonsning The Wicker Husband hikoyasi asosida ishlangan.

Syujetga ko‘ra, baliqchilar qishlog‘ida yashovchi, yolg‘iz va mahalliy aholi tomonidan rad etilgan ayol mahalliy savatchidan o‘zi uchun tollardan to‘qilgan mukammal er yasab berishni so‘raydi. Biroq uning g‘ayrioddiy turmush o‘rtog‘i shu qadar mehribon, jozibali va mukammal bo‘lib chiqadiki, uning paydo bo‘lishi butun qishloq hayotini ostin-ustun qilib, hasad, rashk va tartibsizliklarni keltirib chiqaradi.

Filmda Aleksandr Skarsgard, Oliviya Kolman, Piter Dinkleyj, Elizabet Debiki, Richard E. Grant, Marli Siu, Nabhan Rizvan va Ella Brukkoleri rollarni ijro etgan.

Filmning jahon premyerasi 2026-yilda bo‘lib o‘tgan Sundance kinofestivalida o‘tkazilgan va tanqidchilar tomonidan iliq kutib olingan. Keng kinoprokat esa 30-oktabrdan boshlanadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling