Warner Bros. “Barbi” filmining davomini suratga olishni muhokama qilmoqda

E’lon qilingan sana· 1 650
Warner Bros. “Barbi” filmining davomini suratga olishni muhokama qilmoqda

Warner Bros. studiyasi “Barbi” filmining davomini suratga olish imkoniyatini muhokama qilmoqda. Bu haqda The New York Times xabar berdi.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, film rejissyori Greta Gervig, bosh rollar ijrochilari Margot Robbi va Rayan Gosling studiya rahbari Devid Zaslav bilan uchrashgan. Biroq aktyorlar va ijodkorlar so‘ragan gonorarlar Zaslav tomonidan juda yuqori deb baholangan.

Muzokaralar joriy yilning dekabr oyigacha davom etishi kutilmoqda. Shundan so‘ng “Barbi” brendiga bo‘lgan huquqlar yana Mattel kompaniyasiga qaytadi.

“Barbi” filmi 2023-yilda ekranlarga chiqib, jahon prokatida 1,4 milliard dollardan ortiq daromad to‘plagan va yilning eng muvaffaqiyatli filmlaridan biriga aylangandi. Kartina “What Was I Made For?” qo‘shig‘i uchun “Oskar” mukofotini ham qo‘lga kiritgan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling