HBO “Booster Gold” serialini boshqatdan suratga oladi

E’lon qilingan sana: · 137
HBO “Booster Gold” serialini boshqatdan suratga oladi

HBO “Booster Gold” superqahramon serialini to‘liq qayta ishlashga qaror qildi. Bu haqda TheWrap xabar berdi.

Loyiha ilk bor 2023-yilda e’lon qilingan edi. 2025-yilda unga “Our Flag Means Death” seriali ssenariynavisi Devid Jenkins qo‘shilgan. Biroq yaqinda u HBO o‘zining serial konsepsiyasidan voz kechganini ma’lum qildi. Hozircha loyihani ishlab chiqadigan yangi ijodiy jamoa e’lon qilinmagan.

Komikslarda Booster Gold 1980-yillarda paydo bo‘lgan. U kollej talabasi va amerika futboli o‘yinchisi bo‘lib, boylik va mashhurlikka intiladi.

Keyinchalik esa kelajakdagi superqahramon texnologiyalarini hozirgi zamonga olib kelib, o‘zini qahramon sifatida tanitishga urinadigan firibgarga aylanadi. Shundan so‘ng u Adolat ligasi safiga qo‘shiladi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling