Universal 2026-yilda prokatda 4 mlrd dollar yig‘gan ilk Gollivud studiyasiga aylandi

E’lon qilingan sana· 76
Universal 2026-yilda prokatda 4 mlrd dollar yig‘gan ilk Gollivud studiyasiga aylandi

Universal Pictures 2026-yilda jahon prokatida 4 milliard dollar kassa yig‘imiga erishgan ilk yirik Gollivud studiyasiga aylandi.

Ushbu summaning 2,48 milliard dollari xalqaro bozorlarga, 1,53 milliard dollari esa Shimoliy Amerika prokatiga to‘g‘ri kelgan.

Joriy yilda studiyaning ikki filmi milliard dollarlik marrani zabt etdi. Bular “Super Mario: Galaktik film” animatsiyasi (1,011 milliard dollar) va “Maykl” biografik filmi (1,016 milliard dollar) bo‘ldi.

Bundan tashqari, Universal’ning eng muvaffaqiyatli relizlari qatoridan Kristofer Nolanning “Odisseya” filmi (911 million dollar), “Obsessiya” horrori (474 million dollar) hamda “Minyonlar va maxluqlar” animatsiyasi (449 million dollar) o‘rin oldi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling