“Yomon leytenant: Tokio” kriminal trillerining ilk tizeri e’lon qilindi

Film rejissyori — “Kinoproba”, “13 qotil” va “O‘lmas tig‘” filmlari muallifi Takasi Miike.
NEON studiyasi “Yomon leytenant: Tokio” kriminal trillerining ilk tizerini taqdim etdi. Film “Yomon leytenant” kult franshizasining yangi talqini hisoblanadi.
Syujet markazida korrupsiya, qimor va o‘zini o‘zi yemirish girdobiga tushib qolgan Tokio politsiyasi detektivi Kyoji Yabuki turadi. U AQShning nufuzli siyosatchisi qizining g‘oyib bo‘lishini tergov qilish uchun Yaponiyaga kelgan FQB agenti Nguyen bilan birga ish olib boradi. Biroq jinoyatchilar izidan borayotgan paytda ularni sirli qotil kuzata boshlaydi va tergov hayot-mamot o‘yiniga aylanadi.
Film rejissyori — “Kinoproba”, “13 qotil” va “O‘lmas tig‘” filmlari bilan tanilgan Takasi Miike. Ssenariyni esa uning doimiy hamkori Daisuke Tengan yozgan.
Kartinada Shun Oguri, Lili Jeyms, Shotaro Mamiya, Liv Morgan, Shuhei Nomura, Nanase Nishino va boshqa aktyorlar rol ijro etgan.
“Yomon leytenant"ning ilk filmi 1992-yilda Harvi Keytel ishtirokida ekranlarga chiqqan. 2009-yilda esa Verner Gertsog “Yomon leytenant: Nyu-Orlean porti” filmini suratga olgan, unda bosh rolni Nikolas Keyj ijro etgan.
Film premyerasi 2026-yilda bo‘lib o‘tadi.