“Yulduzlar jangi” olamidagi anime: “To‘qqizinchi jeday” serialining yakuniy treyleri chiqdi

Lucasfilm “Yulduzlar jangi: Nazar. To‘qqizinchi jeday” animesining yakuniy treylerini taqdim etdi. Loyiha “Yulduzlar jangi: Visionlar” antologiyasi asosida yaratilgan ilk to‘liq metrajli serial hisoblanadi.
Serial “Nazar"ning birinchi mavsumidagi “To‘qqizinchi jeday” qisqa metrajli hikoyasining davomi bo‘ladi. Syujetga ko‘ra, bosh qahramon Kara markgraf Juro va jedaylar guruhi bilan Galaktikani himoya qila oladigan jangchilarni izlashga otlanadi. Shu bilan birga, u afsonaviy yorug‘lik qilichlari ustasi bo‘lgan otasi La Jimani qutqarishga harakat qiladi.
Loyiha Production I.G studiyasi tomonidan ishlab chiqilgan. Mazkur studiya “Ghost in the Shell” va “Kaiju No. 8” animelari bilan tanilgan.
Serialning sakkizta epizodi 5-avgust kuni Disney+ va Hulu platformalarida namoyish etiladi.