Devid Harbor ishtirokidagi “Violent night 2” filmi treyleri e’lon qilindi
E’lon qilingan sana: · 65

Devid Harbor bosh rolni ijro etgan “Shafqatsiz tun 2” jangari komediyasining ilk treyleri e’lon qilindi. Film AQSh kinoteatrlarida 4-dekabr kuni namoyish etilishi rejalashtirilgan.
Syujetga ko‘ra, Nyu-Jersi shtatidagi savdo markazini mahalliy jinoiy guruh egallab oladi. O‘sha paytda bino ichida bo‘lgan Santa-Klaus jinoyatchilarga qarshi kurash boshlaydi.
Filmda Kristen Bell, Jared Harris, Jo Pantoliano va boshqa aktyorlar ham rol ijro etgan. Kartinaga yana Tommi Virkola rejissyorlik qilgan.
“Violent night"ning birinchi qismi 2022-yilda ekranlarga chiqib, 20 million dollarlik byudjet bilan 76 million dollar daromad yig‘gan. Shuningdek, film Rotten Tomatoes saytida tanqidchilardan 74 foizlik ijobiy baho olgan.