HBO Max “Gilmore girls” fenomeni haqida hujjatli film suratga oladi

E’lon qilingan sana· 377
HBO Max “Gilmore girls” fenomeni haqida hujjatli film suratga oladi

Mashhur “Gilmore girls” seriali asosida to‘liq metrajli hujjatli film olinadi. Deadline xabariga ko‘ra, HBO Max serialning yaratilish tarixi, uning ommaviy madaniyatga ta’siri va muxlislar orasidagi mashhurligi haqida hikoya qiluvchi loyihani ishlab chiqishni boshlagan.

Filmda 2000−2007-yillarda namoyish etilgan serial qanday qilib o‘z davrining eng mashhur teleloyihalaridan biriga aylangani va striming platformalari tufayli yillar o‘tib ham yangi tomoshabinlarni topgani haqida so‘z boradi. Shuningdek, tomoshabinlarga suratga olish maydonchasidan ilgari e’lon qilinmagan kadrlar, arxiv materiallari hamda aktyorlar va ijodiy jamoa a’zolari bilan intervyular taqdim etiladi.

Hujjatli filmni yaratishda bosh rollar ijrochilari Loren Grem va Aleksis Bledel, shuningdek, serial ssenariynavislari, rejissyorlari va boshqa ijodkorlar ishtirok etadi. Loyiha, shuningdek, Lorelay va Rori Gilmor hikoyasiga oradan yigirma yildan ortiq vaqt o‘tgan bo‘lsa-da, qiziqishni saqlab kelayotgan muxlislar hamjamiyatiga ham alohida e’tibor qaratadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling