“Astral 6” filmining yangi treyleri e’lon qilindi

E’lon qilingan sana· 565
“Astral 6” filmining yangi treyleri e’lon qilindi

“Astral 6: Ular allaqachon shu yerda” (Out of the Further) horror filmining yangi treyleri taqdim etildi. Film xorij kinoteatrlarida 21-avgust kuni namoyish etiladi.

Syujetga ko‘ra, yosh ona Jemma (Amelia Eve) astral o‘lchamga tushib qoladi. Ko‘p o‘tmay, marhumlarning ruhlari va turli jinlar haqiqiy dunyoga kira boshlaydi. Jemma dahshatli oqibatlarning oldini olish uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qiladi.

Filmda, shuningdek, Brandon Perea, Sem Spruell va Lin Shey rol ijro etgan. Rejissyorlikni “Kel o‘ynaymiz” filmi bilan tanilgan Jeykob Cheyz amalga oshirgan.

“Astral” franshizasining ilk filmi 2010-yilda ekranlarga chiqqan bo‘lib, bugunga qadar jahon prokatida 740 million dollar daromad yig‘gan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling