Aktyor va rejissyor Abdumannon Ubaydullayev vafot etdi
E’lon qilingan sana: · 665

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi, san’atshunoslik fanlari nomzodi, professor, kinoaktyor, rejissyor va pedagog Abdumannon Ubaydullayev vafot etdi.
Abdumannon Ubaydullayev tomoshabinlarga rejissyor Zulfiqor Musoqovning “Vatan” filmidagi roli bilan keng tanilgan. Shuningdek, u “Omad”, “So‘nggi lahza”, “Hijron”, “Nazar”, “Yigit yig‘lamasin”, “Aldangan ko‘ngil” va “Mehr” kabi filmlarda, shuningdek, qator milliy teleseriallarda rol ijro etgan.
Ijodkor so‘nggi yillarda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining “Ovoz rejissyorligi va operatorlik mahorati” kafedrasida talabalarga dars berib kelayotgan edi.