Marvel yangi “X-Odamlar” filmida Siklop rolini ijro etadigan aktyorni tanladi

E’lon qilingan sana· 156
Marvel yangi “X-Odamlar” filmida Siklop rolini ijro etadigan aktyorni tanladi

Marvel Studios yangi “X-Odamlar” filmi uchun Tsiklop roliga asosiy nomzodni aniqladi. Deadline xabariga ko‘ra, studiya Kit Konnorni Skott Sammers obraziga jalb etishni rejalashtirmoqda.

Nashr manbalarining ta’kidlashicha, aktyor mutantlar jamoasi yetakchisi roliga asosiy da’vogarlardan biri hisoblanadi. Biroq unga hali rasmiy taklif yuborilmagan. Marvel odatdagidek kasting haqidagi ma’lumotlarga izoh bermagan, Kit Konnorning vakillari ham vaziyat yuzasidan fikr bildirishdan bosh tortgan.

Agar muzokaralar muvaffaqiyatli yakunlansa, aktyor “Qasoskorlar: Maxfiy urushlar” voqealaridan keyin shakllanadigan yangi mutantlar jamoasiga qo‘shiladi. Avvalroq studiya Sedi Sinkning Jin Grey rolini ijro etishini tasdiqlagan, shuningdek, insayderlarga ko‘ra, Professor Iks, Magneto, Maxluq va boshqa qahramonlar rollari uchun ham aktyorlar bilan muzokaralar olib bormoqda.

Film rejissyori “Momaqaldiroqlar” kartinasini suratga olgan Jeyk Shrayer bo‘ladi. Yangi “X-Odamlar” filmi Marvel kinematografik olamidagi mutantlar haqidagi yangi saga boshlanishi bo‘lishi va 2028-yilda ekranlarga chiqishi kutilmoqda.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling