Maykl Jekson haqidagi biografik filmning davomi suratga olinadi

E’lon qilingan sana· 629
Maykl Jekson haqidagi biografik filmning davomi suratga olinadi

Lionsgate studiyasi Maykl Jekson haqidagi biografik filmning ikkinchi qismini suratga olishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Studiya rahbari Adam Fogelsonning ma’lum qilishicha, suratga olish ishlari joriy yil oxiri yoki kelasi yil boshida boshlanishi rejalashtirilgan.

Film 2027-yil oxiri yoki 2028-yilning birinchi yarmida ekranlarga chiqishi mumkin. Davomiy qism voqealari birinchi film syujetini qat’iy xronologik tartibda davom ettirmasligi ham mumkin.

“Maykl” jahon prokatida 1 milliard dollardan ortiq daromad yig‘gan tarixdagi ilk biografik filmga aylandi. Birinchi qismga Antuan Fukua rejissyorlik qilgan, ssenariy muallifi esa uch karra “Oskar” nomzodi Jon Logan bo‘lgan. Maykl Jekson obrazini uning jiyani Jafar Jekson gavdalantirgan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling