Robert Pattinson ishtirokidagi “Praym taym” filmi treyleri e’lon qilindi

E’lon qilingan sana· 525
Robert Pattinson ishtirokidagi “Praym taym” filmi treyleri e’lon qilindi

A24 studiyasi bosh rolni Robert Pattinson ijro etgan “Praym taym” dramatik trillerining ilk treylerini taqdim etdi.

Film mashhur jurnalist va teleboshlovchi Kris Hansen haqida hikoya qiladi. U To Catch a Predator (“Yirtqichni qo‘lga olish”) dasturi orqali jinsiy jinoyatlarda ayblangan shaxslarni fosh etuvchi surishtiruvlari bilan tanilgan.

Syujet markazida jinoyatchilarga qarshi kurashni televizion shouga aylantirgan va vaqt o‘tishi bilan o‘z mashhurligining salbiy oqibatlariga duch kelgan jurnalist turadi. Film televideniye sensatsiyasi chegaralari, jamoatchilik qiziqishi va ommaviy adolatning narxi kabi mavzularni ham yoritadi.

Kartinada Robert Pattinson Kris Hansen obrazini gavdalantiradi. Uning qahramoni uchun surishtiruvlar shunchaki kasb emas, balki shaxsiy missiyaga aylanadi.

Filmning jahon premyerasi Venetsiya kinofestivali doirasida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling