Kristofer Nolan tarixdagi eng kassabop uch rejissyordan biriga aylandi
E’lon qilingan sana: · 1 231

“Odisseya” filmining jahon prokatidagi muvaffaqiyati ortidan Kristofer Nolan tarixdagi eng kassabop uch rejissyor qatoriga kirdi.
Hozirga qadar Nolan suratga olgan filmlar dunyo bo‘ylab 6,95 milliard dollar daromad keltirdi. Bu natija bilan u Entoni va Jo Russoni ortda qoldirib, reytingda uchinchi o‘ringa ko‘tarildi. Birinchi va ikkinchi o‘rinlarni mos ravishda Stiven Spilberg (10,9 milliard dollar) hamda Jeyms Kemeron (10,5 milliard dollar) egallab turibdi.
“Odisseya” iyul o‘rtalarida kinoteatrlarda namoyish etila boshlagan va prokatdagi natijalari kutilganidan yuqori bo‘lmoqda. Tahlilchilarga ko‘ra, film hafta oxiriga qadar 1 milliard dollarlik kassa yig‘imidan oshishi kutilmoqda.