“Odisseya” Kristofer Nolanning eng kassabop filmiga aylandi

E’lon qilingan sana· 28
“Odisseya” Kristofer Nolanning eng kassabop filmiga aylandi

“Odisseya” filmi jahon prokatida 1,1 milliard dollarga yaqin mablag‘ to‘plab, Kristofer Nolanning faoliyatidagi eng yuqori kassaga ega filmga aylandi.

Film to‘rtinchi prokat haftasidan so‘ng xalqaro bozorlarda 643,6 million dollar, Shimoliy Amerikada esa 461,1 million dollar ishlab topgan. Shu tariqa kartinaning umumiy daromadi 1,105 milliard dollarga yetgan.

Avvalgi rekord Nolanning “Qora ritsar: Afsonaning qayta tirilishi” filmiga tegishli bo‘lib, u prokatni 1,085 milliard dollar bilan yakunlagan. “Odisseya” esa bu natijani bir necha hafta ichida ortda qoldirdi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling