“Ajdar uyi” serialining uchinchi mavsumi yakunlandi

HBO va HBO Max platformalarida “Ajdarlar uyi” serialining uchinchi mavsumidagi so‘nggi qism namoyish etildi. Serial “Taxtlar o‘yini"ning prikveli bo‘lib, Jorj R. R. Martinning “Olov va qon” kitobi asosida suratga olingan. Voqealar asosiy serialdagi hodisalardan 200 yil avval sodir bo‘ladi.
Syujet markazida Targaryenlar sulolasining ikki guruhi — qirolicha Reyenira boshchiligidagi “qoralar” va Haytauerlar xonadoni boshqaruvidagi “yashillar” o‘rtasidagi Vesteros taxti uchun kurash turadi. Serialda Emma D’Arsi, Mett Smit, Oliviya Kuk, Jeyms Norton va boshqalar rol ijro etgan.
Uchinchi mavsum sakkiz qismdan iborat bo‘ldi va tanqidchilar yangi mavsumni ijobiy baholadi — Rotten Tomatoes’da serial 92 foiz natija qayd etgan. To‘rtinchi mavsum “Ajdarlar uyi"ning so‘nggi mavsumi bo‘ladi.