“Paper tiger” kriminal dramasining ilk tizeri chiqdi

E’lon qilingan sana· 562
“Paper tiger” kriminal dramasining ilk tizeri chiqdi

Bosh rollarni Adam Drayver, Skarlett Yoxansson va Maylz Teller ijro etgan.

NEON “Yo‘qolgan shahar Z” va “Yulduzlarga” filmlari bilan tanilgan rejissyor Jeyms Greyning yangi kriminal dramasi — “Paper tiger” filmining ilk tizerini taqdim etdi.

Voqealar 1986-yilda Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tadi. Aka-uka Gari va Irvin Perl “Amerika orzusi"ga erishishga urinadi, biroq rus mafiyasi bilan bog‘liq xavfli sxemaga aralashib qoladi. Boyib ketish imkoniyati sifatida boshlangan ish asta-sekin ularning oilalariga xavf tug‘dirib, aka-ukalar o‘rtasidagi ishonchni yemira boshlaydi.

Bosh rollarni Adam Drayver, Skarlett Yoxansson va Maylz Teller ijro etgan.

Film 13-noyabr kuni kinoprokatga chiqadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling