Netflix Ben Afflekning yangi kriminal trillerining birinchi tizerini namoyish etdi

Afflek filmda bosh rolni ham ijro etgan. Prodyuserlar qatoridan esa Affleck va Matt Damonning Artists Equity kompaniyasi o‘rin olgan.
Netflix rejissyor Ben Afflekning yangi kriminal trilleri — “Hayvonlar” filmining ilk tizerini taqdim etdi. Afflek filmda bosh rolni ham ijro etgan. Prodyuserlar qatoridan esa Affleck va Matt Damonning Artists Equity kompaniyasi o‘rin olgan.
Afflek Los-Anjeles meri lavozimiga nomzod Mark Kimball rolini ijro etadi. Uning o‘g‘li o‘g‘irlab ketilgach, Mark va uning rafiqasi tovon puli uchun zudlik bilan pul topishga kirishadi. Biroq bolani qutqarishga urinish er-xotinni tobora xavfliroq qarorlar qabul qilishga va ularning hayoti hamda siyosiy faoliyatini barbod qilishi mumkin bo‘lgan sirlarni ochishga majbur qiladi.
Filmda Gillian Anderson, Steven Yeun, Adriana Paz, Ray Fisher, Matt Gerald va Luis Gerardo Mendez ham rol ijro etgan. Ssenariyni Afflek, Konnor O. Makintayr va Billy Ray yozgan. Film prodyuserlari — Afflek va Matt Damonning Artists Equity kompaniyasi.
Premyera 9-oktabr kuni Netflix’da bo‘lib o‘tadi.