Chenning Tatum va Gemma Chan ishtirokidagi “Jozefina” filmining ilk tizeri chiqdi

Film “Sundance-2026” festivalining dramatik tanlovida birdaniga ikkita asosiy mukofot — hakamlar hay’ati va tomoshabinlar mukofotlariga sazovor bo‘lgan.
Rejissyor Bet de Arauxoning yangi psixologik trilleri — “Jozefina"ning ilk tizeri chiqdi.
Film markazida 8 yoshli Jozefina turadi. U Golden Gate bog‘ida og‘ir jinoyatga guvoh bo‘lib qoladi. Shundan so‘ng qiz yana o‘zini xavfsiz his qilishga urinadi, ota-onasi esa sodir bo‘lgan voqeaning oqibatlarini yengishga tayyor emasligi ma’lum bo‘ladi. Hikoya asosan bolaning nuqtai nazaridan berilib, qo‘rquv, ruhiy jarohat va oilaning sodir bo‘lgan voqeani boshdan kechirish jarayonini o‘rganadi.
Bosh rollarni Chenning Tatum, Gemma Chan va debyutant Meyson Rivz ijro etgan. Film “Sundance-2026” festivalining dramatik tanlovida birdaniga ikkita asosiy mukofot — hakamlar hay’ati va tomoshabinlar mukofotiga sazovor bo‘lgan.
Film kinoteatrlarda 20-noyabr kuni namoyish etiladi.