“Verity” filmining ilk treyleri chiqdi

E’lon qilingan sana· 155
“Verity” filmining ilk treyleri chiqdi

Bosh rollarni Enn Heteuey, Dakota Jonson va Josh Xartnett ijro etgan.

Amazon MGM Studios Kolin Guverning shu nomdagi romani asosida suratga olingan psixologik triller — “Verity” filmining yangi treylerini taqdim etdi.

Yozuvchi Louen Eshliga mashhur kitob turkumini yakunlash taklif qilinadi. Chunki kitobning asl muallifi Veriti Krouford ishini davom ettira olmay qolgan. Louen Kroufordlar uyiga kelgach, tez orada Veritining iqrorlari yozilgan qo‘lyozmani topadi. Undagi ma’lumotlar uni oilada aslida nima bo‘lganiga shubha qilishga majburlaydi.

Bosh rollarni Enn Heteuey, Dakota Jonson va Josh Xartnett ijro etgan. Rejissyor — Maykl Shouolter (“Великая”), ssenariy muallifi — Nik Antoska.

“Veritining maxfiy kundaligi” romani 2018-yilda nashr etilgan va Kolin Guverning eng mashhur psixologik trillerlaridan biriga aylangan.

Film kinoteatrlarda 2-oktabr kuni namoyish etiladi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling