“American horror story”ning 13-mavsumi ilk tizeri chiqdi

Yangi mavsum franshizaning avvalgi hikoyalari — “Shabbat”, “Apokalipsis” va “Jodugarlar sirki” bilan chambarchas bog‘liq bo‘ladi.
FX “American horror story” serialining 13-mavsumiga oid ilk rasmiy tizerini taqdim etdi.
Yangi mavsum franshizaning o‘ziga xos “greatest hits"i bo‘ladi: Rayan Merfi avvalgi mavsumlarda ishtirok etgan bir nechta qahramon va aktyorlarni, jumladan Jessica Lange, Sarah Paulson, Evan Peters, Angela Bassett, Kathy Bates, Emma Roberts, Billie Lourd va Gabourey Sidibeni qaytarmoqda. Jessica Lange muxlislari uchun alohida qaytish kutilmoqda: aktrisa antologiyada yana paydo bo‘lib, avval ijro etgan to‘rtta qahramonini takroran gavdalantiradi.
Tizerga qaraganda, mavsum avvalgi hikoyalar bilan haqiqatan ham chambarchas bog‘lanadi. Xususan, “Shabbat”, “Apokalipsis” va “Jodugarlar sirki"dagi qahramonlar qaytadi. Merfi avvalroq loyihani AHS olamidagi o‘ziga xos “Qasoskorlar” varianti deb atagan edi.
Yangi epizodlar 2026-yil 24-sentabrda FX va Hulu’da premyerasi bo‘lib o‘tadi. Mavsum 13 ta yarim soatlik epizoddan iborat bo‘ladi.