“Hayvon yuragi” filmining yangi treyleri chiqdi

Devid Eyrning (“G‘azab”, “O‘z joniga qasd qiluvchilar guruhi”) yangi filmida bosh rolni Bred Pitt ijro etgan.
Paramount Pictures “G‘azab”, “O‘z joniga qasd qiluvchilar guruhi” va “Asalarichi” filmlari rejissyori Devid Eyrning “Hayvon yuragi” sarguzasht trillerining yangi treylerini taqdim etdi.
Sobiq maxsus kuchlar jangchisi samolyot halokatidan so‘ng jangovar iti Odin bilan birga Alyaskaning odam oyog‘i yetmaydigan hududida qolib ketadi. Endi ular og‘ir tabiiy sharoitda omon qolishi va qutulish yo‘lini topishi kerak.
Bosh rolni Bred Pitt ijro etgan. Filmda Jey K. Simmons va Anna Lemb ham suratga tushgan. Ssenariyni Kemeron Aleksandr yozgan, Eyr va Pitt esa prodyuser sifatida qatnashgan. Bu ularning “G‘azab"dan keyingi ikkinchi hamkorlikdagi filmi.
Film kinoteatrlarda 25-sentabr kuni namoyish etiladi.