“Qasoskorlar: Doktor Dum” filmining yangi treyleri chiqdi
E’lon qilingan sana: · 322

Marvel “Qasoskorlar: Doktor Dum” filmining ikkinchi treylerini taqdim etdi. Franshizaning beshinchi qismi 18-dekabr kuni kinoteatrlarda namoyish etiladi.
Unda mashhur superqahramonlar va qudratli yovuz qahramon Dum (Robert Dauni kichik) o‘rtasidagi qarama-qarshilik haqida hikoya qilinadi. Filmda Kris Evans, Kris Xemsvort, Pedro Paskal, Patrik Styuart, Ian MakKellen, Tom Xiddlston, Pol Radd, Florens Pyu va boshqalar ham rol ijro etgan.
Rejissyorlar — “Qasoskorlar: Cheksizlik jangi” va “Qasoskorlar: Intiho” filmlarini suratga olgan Entoni va Jo Russo.