Yangi “Coco” multfilmi 2029-yilda namoyish etiladi
E’lon qilingan sana: · 86

Pixar’ning “Coco” multfilmining ikkinchi qismi 2029-yil noyabr oyida ekranlarga chiqadi.
Yangi qismda ulg‘aygan Migel iti Dante bilan yana Marhumlar mamlakatiga boradi. Qahramonga xonanda Ernesto de la Kruz yordam beradi — unga yana Benjamin Bratt ovoz beradi.
Kartinaga Li Ankrich va Eduardo Molina rejissyorlik qiladi. Birinchi “Coco” 2017-yilda chiqqan, jahon prokatida 800 million dollardan ortiq mablag‘ to‘plagan va ikkita “Oskar” mukofotini qo‘lga kiritgan.
Shuningdek, D23 konventida Pixar’ning “Arvohlar bozori” (Ghost Market) nomli yangi original loyihasi ham taqdim etildi. Osiyo afsonalaridan ilhomlangan multfilm 2028-yil 10-martda kinoteatrlarda namoyish etiladi.