“Odisseya” IMAX formatidagi eng kassabop filmga aylandi
E’lon qilingan sana: · 772

Gomerning “Odisseya” dostoni asosida suratga olingan film navbatdagi rekordni o‘rnatdi. Kristofer Nolanning kartinasi IMAX formatida tarixdagi eng yuqori kassaga ega filmga aylandi.
Film ushbu formatda 289 million dollar ishlab topib, Jeyms Kemeronning birinchi “Avatar” filmi qayd etgan 270 million dollarlik natijani ortda qoldirdi. “Odisseya"ning umumiy kassasi esa 1,131 milliard dollarga yetgan.
Filmda Mett Deymon, Tom Holland, Enn Heteuey, Robert Pattinson, Sharliz Teron, Zendaya va boshqalar rol ijro etgan. Kartinaning marketing xarajatlarisiz byudjeti 250 million dollarni tashkil etgan.