“VisionQuest” serialining treyleri e’lon qildi

Disney+ va Marvel Studios “VisionQuest” yangi serialining ilk treylerini taqdim etdi. “Qasoskorlar” qahramoni haqida hikoya qiluvchi yakkaxon loyiha 14-oktabr kuni striming platformasida namoyish etiladi.
Pol Bettani Visone roliga qaytadi. Serial 2021-yilda chiqqan “Vanda/Vison” loyihasining spin-offi va davomi hisoblanadi. Yangi hikoya Visonning o‘zini va oilasini izlash jarayonini kuzatadi.
Serialda, shuningdek, Jeyms Speyder (Altron), Ruerri Mollika (Tommi Maksimoff), Emili Xempshir, Orla Bredi va Jeyms D’Arsi (D.J.A.R.V.I.S. sun’iy intellekti) rollarini ijro etgan.
Serial rejissyori — “12 maymun” filmi bilan tanilgan Terri Matalas, ayrim qismlarni esa “Kub” rejissyori Vinsenso Natali suratga olgan. Birinchi mavsum 8 qismdan iborat bo‘ladi.