“O‘rgimchak odam: yangi kun” uch haftada 2 mlrd dollardan ortiq kassa to‘pladi

E’lon qilingan sana· 190
“O‘rgimchak odam: yangi kun” uch haftada 2 mlrd dollardan ortiq kassa to‘pladi

“O‘rgimchak odam: yangi kun” filmining AQShdagi kassasi uchinchi prokat haftasidan so‘ng 785 million dollarga yetgan.

Jahon prokatida esa film 2,022 milliard dollar daromad to‘pladi. Kartina bunday natijaga atigi uch hafta ichida erishgan.

“O‘rgimchak odam: yangi kun” 2 milliard dollarlik marraga eng tez yetib kelgan filmlar orasida ikkinchi o‘rinni egalladi. Bu natijani undan tezroq faqat “Qasoskorlar: Intiho” qayd etgan.

Film avvalroq “O‘rgimchak odam” haqidagi eng kassabop kartinaga aylangan va jahon prokatidagi daromadlari bo‘yicha Marvel kinoshaharchasining top-3 loyihalari qatoridan joy olgan edi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling