“Forsaj”ning so‘nggi qismi suratga olish ishlari dekabrda boshlanadi

E’lon qilingan sana· 420
“Forsaj”ning so‘nggi qismi suratga olish ishlari dekabrda boshlanadi

“Forsaj” franshizasining yulduzi Vin Dizel 11-qism va seriyaning yakuniy filmi suratga olish ishlari qachon boshlanishini ma’lum qildi. Uning aytishicha, “Forsaj abadiy” (Fast Forever) filmi uchun suratga olish maydonchasidagi ishlar shu yil dekabr oyida boshlanadi.

Dizelning so‘zlariga ko‘ra, film ssenariysi ustida to‘rt nafar turli ssenariynavis ishlagan va loyihani ishlab chiqishga to‘rt yil sarflangan. Aktyor 25 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan “Forsaj"ning ilk filmi maxsus namoyishida ssenariyni bir necha hafta avval o‘qiganida yig‘lab yuborganini aytgan.

“Forsaj abadiy” filmini rejissyor Lui Leterye suratga oladi. Biroq rejissyor yaqinda hali ssenariyni o‘qib chiqish imkoniga ega bo‘lmaganini bildirgan. Franshizaning jami daromadi 7,3 milliard dollarni tashkil etadi. Film xalqaro prokatga 2028-yil 17-martda chiqadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling