“Dyuna 3” filmining yangi tizeri chiqdi
E’lon qilingan sana: · 375

Warner Bros. “Dyuna” filmining yakuniy qismi uchun chiptalar savdosini boshladi va kartinaning navbatdagi tizerini taqdim etdi. Trikvel xalqaro prokatga 18-dekabr kuni chiqadi.
“Dyuna 3” filmi Frenk Gerbertning “Dyuna messiyasi” romani asosida suratga olingan. Voqealar ikkinchi qismdan 17 yil o‘tib sodir bo‘ladi. Imperator deb e’lon qilingan Pol Atreydes (Timoti Shalame) zolim hukmdorga aylanadi, saroy fitnalari markazida qoladi va yangi urushga aralashib ketadi.
Filmda Zendaya, Anya Teylor-Joy, Florens Pyu, Robert Pattinson, Jeyson Momoa, Xaver Bardem va boshqalar ham rol ijro etgan. Rejissyorlik lavozimiga yana Deni Vilnyov qaytgan.