Xitoyning “Niu Lai” multfilmi tarixdagi eng daromadli loyihalardan biriga aylandi

Multfilm Xitoy prokatida Kristofer Nolanning “Оdisseya”si va “O‘rgimchak odam: yangi kun” kabi ancha qimmat filmlar bilan raqobatlasha boshladi.
Xitoyning mustaqil “Niu Lai” multfilmi kassada fenomenga aylandi. Prokat boshida deyarli hech kim tomosha qilmagan kartina bir necha hafta ichida 4 million dollardan ortiq daromad to‘pladi. Uning budjeti esa 1000 dollardan kam deb baholanmoqda. Film daromadi tez sur’atda oshishda davom etmoqda.
“Niu Lai” 5-avgust kuni katta reklama kampaniyasisiz Xitoy kinoteatrlariga chiqdi. Dastlabki 10 kun ichida multfilm atigi 10 ming yuan atrofida daromad olib, 300 tadan kam chipta sotdi. Keyin ijtimoiy tarmoqlarda juda sodda animatsiya va g‘alati syujet haqidagi istehzoli fikrlar tez tarqala boshladi. Bu esa bepul reklamaga aylandi: tomoshabinlar shunchaki qiziqish sabab kinoteatrlarga ommaviy bora boshladi.

Multfilm buzoqcha va uning ulg‘ayishi haqida hikoya qiladi. Uni atigi ikki kishi — Sin Yumen va uning onasi Sun Lifang yaratgan. Film ustida ishlashga qariyb besh yil ketgan. Mualliflar kartina ustidagi ishlarning deyarli barcha bosqichlarini mustaqil bajargan.
“Niu Lai” Xitoy prokatida Kristofer Nolanning “Оdisseya"si va “O‘rgimchak odam: yangi kun” kabi ancha qimmat filmlar bilan raqobatlasha boshladi.