Makkonaxi va Xarrelson ishtirokidagi “Aka-ukalar” serialining treyleri chiqdi

Apple TV striming xizmati Mettyu Makkonaxi va Vudi Xarrelson ishtirokidagi yangi komediya seriali — “Aka-ukalar"ning ilk treylerini taqdim etdi.
“Haqiqiy detektiv” serialining yulduzlari loyihada o‘zlarini o‘ynaydi. Syujetga ko‘ra, eng yaqin do‘stlar Makkonaxi va Xarrelson bir-birining biologik akasi-ukasi ekanini bilib qoladi. Bu esa ularning ko‘p yillik munosabatlariga xavf tug‘diradi.
Loyiha real voqeaga asoslangan. 2023-yilda Xarrelson otasining bir vaqtlar Makkonaxining onasi bilan munosabatda bo‘lganini bilib qolgan. Ular DNK testi o‘tkazmaslikka qaror qilib, buning o‘rniga serial suratga olishgan.
Serial yaratuvchisi — “Shitt's Creek” bilan tanilgan Devid Uest Rid. Birinchi mavsum 10 qismdan iborat bo‘ladi. Premyera 23-sentabr kuni bo‘lib o‘tadi.