“Chaqmoq Makvin” multfilmi 20 yilligi munosabati bilan qayta prokatga chiqadi
E’lon qilingan sana: · 576

Disney va Pixar Jon Lasseterning “Chaqmoq Makvin” multfilmini qayta prokatga chiqaradi. Xorijiy kinoteatrlarda namoyishlar 4-sentabrdan boshlanadi.
Qayta prokat multfilmning 20 yilligiga bag‘ishlanadi. “Chaqmoq Makvin” 2006-yilda ekranlarga chiqqan va Ouen Uilson ovoz bergan mashhur poyga avtomobili Chaqmoq Makvin haqida hikoya qiladi. U kichik shaharchada qolib ketgach, hayotiga bo‘lgan qarashlarini butunlay o‘zgartiradi.
Multfilmning 2011-yilda davomi, 2017-yilda esa uchinchi qismi chiqqan. Uchta film jahon prokatida jami 1,4 milliard dollar ishlab topgan, Disney esa unga oid mahsulotlar savdosidan 10 milliard dollar daromad olgan.