“O‘rgimchak odam: yangi kun” AQSh prokatida ikkinchi eng kassabop filmga aylandi

Sony va Marvel’ning “O‘rgimchak odam: Yangi kun” filmi Shimoliy Amerika prokatining eng kassabop filmlari ro‘yxatida ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi.
Film AQSh va Kanadada 858,4 million dollar ishlab topib, “Qasoskorlar: Intiho"ning 858,3 million dollarlik natijasini ortda qoldirdi. Birinchi o‘rinda esa “Yulduzlar jangi: Kuchning uyg‘onishi” 936,6 million dollar bilan qolmoqda.
Jahon prokatida “Yangi kun” allaqachon “Kuchning uyg‘onishi"ni ortda qoldirib, 2,22 milliard dollar to‘plagan. Mutaxassislar filmni “Titanik” (2,26 milliard dollar) va Xitoyning “Нэчжа побеждает Царя драконов” (2,27 milliard dollar) filmlaridan keyingi uchinchi o‘ringa chiqishini kutmoqda.
“Qasoskorlar: Intiho” umumiy reytingda ikkinchi o‘rinda, yetakchi esa “Avatar” bo‘lib qolmoqda.