“Sweetpea” serialining yangi mavsumi tizeri chiqdi

E’lon qilingan sana· 220
“Sweetpea” serialining yangi mavsumi tizeri chiqdi

“Sweetpea” serialining ikkinchi mavsumi uchun tizer-treyler taqdim etildi. Yangi qismlar joriy yilning noyabr oyida namoyish etiladi.

Bosh rolga “Fallout” seriali yulduzi Ella Purnell qaytadi. “Sweetpea” yozuvchi CJ Skuzning kitoblar turkumi asosida yaratilgan.

Syujet markazida introvert qiz Rianon Lyuis turadi. Bir kuni qahramon uni jahlini chiqargan notanish kishini o‘ldiradi va hayotini chidab bo‘lmas holga keltirgan barcha insonlardan qutulishga qaror qiladi.

“Sweetpea"ni “Slow Horses” serialini ishlab chiqqan See-Saw Films studiyasi suratga olmoqda. Premyeraning aniq sanasi keyinroq ma’lum qilinadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling