“Ijtimoiy tarmoq” filmining ikkinchi qismi treyleri e’lon qilindi

Sony Pictures Devid Fincherning “Ijtimoiy tarmoq” filmi voqealarini davom ettiruvchi Aaron Sorkinning “Ijtimoiy qasos” filmining yangi treylerini taqdim etdi.
Sony Pictures Devid Fincherning “Ijtimoiy tarmoq” filmi voqealarini davom ettiruvchi Aaron Sorkinning “Ijtimoiy qasos” filmining yangi treylerini taqdim etdi.
Syujet markazida The Wall Street Journal jurnalisti Jeff Horvits va Facebook’ning sobiq xodimi, kompaniyaning ichki hujjatlarini oshkor qilgan Frensis Xaugenning tergovi turadi. Hikoya 2021-yilda Xaugen Facebook’ning ichki materiallarini jurnalistlarga taqdim etgan voqealarga asoslangan. Keyinchalik The Facebook Files tergovi kompaniya algoritmlarining foydalanuvchilar, o‘smirlar va noto‘g‘ri ma’lumotlar tarqalishiga ta’sirini o‘rgangan.
Bosh rollarni Mark Sukerberg obrazini ijro etgan Jeremi Strong, Mikey Madison va Jeremi Allen Uayt gavdalantirgan. “Ijtimoiy tarmoq” filmida Sorkin ssenariy muallifi bo‘lgan bo‘lsa, bu safar u bir vaqtning o‘zida ssenariynavis va rejissyor sifatida ishlagan.
“Ijtimoiy qasos” 8-oktabr kuni jahon prokatiga chiqadi.