“O‘rgimchak odam: yangi kun” barcha davrlarning eng kassabop filmlari uchligidan joy oldi

E’lon qilingan sana· 58
“O‘rgimchak odam: yangi kun” barcha davrlarning eng kassabop filmlari uchligidan joy oldi

“O‘rgimchak odam: yangi kun” filmi jahon prokatidagi daromadi bo‘yicha Jeyms Kemeronning “Avatar: Suv yo‘li” kartinasini ortda qoldirdi. Shu tariqa Sony va Marvel filmi tarixdagi eng kassabop filmlar orasida uchinchi o‘ringa ko‘tarildi.

“Yangi kun"ning jahon prokatidagi daromadi 2,332 milliard dollarga yetgan. “Avatar: Suv yo‘li” esa avval 2,232 milliard dollar ishlab topgan. Reytingda “Avatar” 2,923 milliard dollar bilan birinchi, “Qasoskorlar: Intiho” esa 2,798 milliard dollar bilan ikkinchi o‘rinda qolmoqda. “O‘rgimchak odam” bundan oldin ham “Titanik"ni ortda qoldirgan.

Piter Parker haqidagi to‘rtinchi film Shimoliy Amerikada 891 million dollar, xalqaro bozorlarda esa 1,44 milliard dollar daromad keltirgan. Rossiyadagi norasmiy prokatdan tushgan daromad kamida 890 million rublni tashkil etgan.

“O‘rgimchak odam: yangi kun"ning muvaffaqiyati Tom Hollandni ham tarixdagi eng kassabop aktyorlar reytingida uchinchi o‘ringa olib chiqdi. Reytingda Marvel olamidagi hamkasblari Zoi Saldana va Skarlett Yoxansson yetakchilik qilmoqda.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling