Ulug‘bek Qodirov Lendok film festivalida “Eng yaxshi aktyor” deb topildi
E’lon qilingan sana: · 47

O‘zbekistonlik aktyor Ulug‘bek Qodirov Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tgan Rossiya va yaqin xorij davlatlari VII Xalqaro Lendok film festivalida (LEFF) “Eng yaxshi aktyor” nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi.
Aktyor taniqli rejissor Akbar Bekturdiyevning “Kazbek” filmida bosh rolni ijro etgan. Film festivalning xalqaro dasturida namoyish etilgan.
Ulug‘bek Qodirov ushbu mukofot bilan bir qatorda “Kazbek” filmi ijodiy jamoasi ham festival hakamlar hay’ati tomonidan e’tirof etildi.