“Street Fighter” filmining yangi treyleri chiqdi

E’lon qilingan sana· 346
“Street Fighter” filmining yangi treyleri chiqdi

Paramount Pictures 1987-yilda chiqarilgan shu nomdagi videoo‘yin asosida suratga olingan “Street Fighter” jangovar filmining yangi treylerini taqdim etdi. Film xalqaro prokatga 16-oktabr kuni chiqadi.

Syujet karatening bilan shug‘ullanuvchi jangchi jahon miqyosidagi jangovar turnirga tushib qolishi haqida hikoya qiladi. Asl Street Fighter o‘yini Capcom kompaniyasi tomonidan chiqarilgan. Uning Jan-Klod Van Damm ishtirokidagi eng mashhur kinoadaptatsiyasi esa 1994-yilda ekranlarga chiqqan.

Yangi filmda Endryu Koji, Noa Sentineo, Jeyson Momoa, Fifti Sent, Devid Dastmalchyan va boshqalar rol ijro etgan. Rejissyor — “Burama metall” (“Twisted Metal”) seriali bilan tanilgan Kitao Sakuray.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling