Diyora Keldiyorova haqidagi film ORIGINAL+ DOK festivalida to‘rtta mukofot oldi

E’lon qilingan sana· 2 468
Diyora Keldiyorova haqidagi film ORIGINAL+ DOK festivalida to‘rtta mukofot oldi

“Diyora. Nozik yo‘l” hujjatli filmi 25−28-avgust kunlari Moskvada o‘tkazilgan IV ORIGINAL+ DOK festivalida to‘rtta mukofotga sazovor bo‘ldi. Film tanlovdagi barcha loyihalar orasida eng ko‘p sovrin olgan kartinaga aylandi. Diyora Keldiyorovaning o‘zi esa “O‘ziga xos qahramon” deb topildi.

Kartina “O‘ziga xos hikoya” hamda “O‘ziga xos rejissyorlik yondashuvi” (Sardor Kazi) va “O‘ziga xos operatorlik yondashuvi” (Maksim Arbugayev, Aleksandr Krasnovskiy) nominatsiyalarida ham g‘olib bo‘lgan. G‘oliblarni soha mutaxassislaridan iborat hakamlar hay’ati va Rossiyaning kinotanqidchilari hamda jurnalistlaridan tuzilgan media hay’ati tanlagan.

Filmning xalqaro festivallardagi ishtiroki ham davom etadi. “Diyora. A Gentle Way” nomi bilan kartina 6−11-oktyabr kunlari AQShning Ogayo shtatida bo‘lib o‘tadigan 17-Chagrin Documentary Film Festival’ning International Documentaries dasturiga kiritilgan.

75 ta saralangan film orasida u O‘zbekiston nomidan ishtirok etadigan yagona kartina bo‘ladi. Shuningdek, film treyleri Golden Trailer Awards 2026 mukofotining “Eng yaxshi xorijiy hujjatli film treyleri” nominatsiyasiga nomzod bo‘lgan. “Diyora. Nozik yo‘l"ni Allplay va Kinopoisk platformalarida tomosha qilish mumkin.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling