BLACKPINK guruhi a’zosi Lisaning yakkaxon faoliyati haqidagi hujjatli film 2026-yil oktyabrda chiqadi

Always Lalisa filmining IMAX formatidagi va dunyo kinoteatrlaridagi premyerasi 12-oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Jahon darajasidagi superyulduz Lisa Sony Music Vision ko‘magida rejissyor Syue Kim tomonidan suratga olingan yirik Always Lalisa hujjatli loyihasini taqdim etadi. Film xonandaning faoliyatidagi eng jasoratli davr — mustaqillik yiliga bag‘ishlangan. Bu davrda u bolaligidan keyin ilk bor BLACKPINK tarkibidan tashqarida faoliyat yuritib, yakkaxon musiqiy faoliyati, aktyorlik mahorati va o‘z brendini rivojlantirgan.
O‘tgan yil xonanda uchun ko‘plab tarixiy yutuqlarni olib keldi: u Anitta va Re bilan birgalikdagi chiqishi orqali 2026-yilgi FIFA Jahon chempionatining ochilish marosimida ishtirok etgan ilk tailandlik va K-pop ijodkoriga aylandi, 2025-yilgi Coachella’da yakkaxon konsert berdi, 2026-yilgi Met Gala qo‘mitasi tarkibiga kirdi, Vanity Fair jurnalida suratga tushdi va HBOʻning “Белый лотос” serialida debyut qildi. Bundan tashqari, uning Las-Vegasdagi to‘rtta konsertdan iborat VIVA LA LISA rezidensiyasi 10 daqiqadan kamroq vaqt ichida to‘liq sotilib ketdi.

Always Lalisa filmining IMAX formatidagi va dunyo kinoteatrlaridagi premyerasi 12-oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Chiptalar savdosi 9-sentyabrda boshlanadi. Keyinroq film YouTube Premium platformasida ham tomosha qilish uchun taqdim etiladi. Kuzda muxlislarni yana bir yirik voqea kutmoqda — 23-oktyabrga rejalashtirilgan yangi PRESS PLAY mini-albomi chiqadi.