Nikolas Keyj ishtirokidagi “O‘rgimchak-Nuar” seriali ikkinchi mavsumga uzaytirilmadi
E’lon qilingan sana: · 89

Foto: Aaron Epshteyn / Prime
Amazon Nikolas Keyj bosh rolni ijro etgan “O‘rgimchak-Nuar” serialini birinchi mavsumdan so‘ng yopdi. Kompaniya loyiha nega davom ettirilmasligini ma’lum qilmagan.
Serial 27-may kuni premyera qilingan. Unda Keyj O‘rgimchak odam obrazini gavdalantirgan. Tomoshabinlar serialni oq-qora yoki rangli versiyada ko‘rishlari mumkin.
Voqealar 1930-yillar muqobil Nyu-Yorkida kechadi. Syujet markazida yoshi ulg‘ayib qolgan xususiy detektiv turadi. U o‘tmishda shaharning yagona superqahramoni bo‘lgan.
Ushbu ilk mavsum Rotten Tomatoes’da tanqidchilarning 92 foiz va tomoshabinlarning 90 foiz ijobiy bahosiga ega bo‘lgan.