Nolanning “Odisseya”si prokatda yangi “O‘rgimchak odam”ni ortda qoldirdi

Kristofer Nolanning “Odisseya” filmi jahon kassasida yana birinchi o‘ringa qaytib, “O‘rgimchak odam: yangi kun"ni ikkinchi pog‘onaga tushirdi.
O‘tgan dam olish kunlarida Gomer asari asosida ishlangan epik ekranizatsiya jahon bo‘ylab qariyb 46 million dollar daromad keltirdi. Sony va Marvel’ning superqahramon haqidagi filmi esa yuqori ko‘rsatkichlarni namoyish etishda davom etib, butun dunyo bo‘yicha 2,4 milliard dollarlik yig‘imga yaqinlashdi.
“Odisseya” reyting tepasiga qaytganiga qaramay, ikki film o‘rtasidagi farq katta emas. Nolan kartinasi xalqaro prokatda barqaror daromad yig‘ishda davom etib, shu hafta yana bir muhim marrani bosib o‘tdi — uning xorijdagi yig‘imlari 1,62 milliard dollardan oshdi. Shu tariqa, “Odisseya” rejissyorning navbatdagi yirik xalqaro hitiga aylandi va yilning eng muvaffaqiyatli loyihalari qatoridagi mavqeini mustahkamladi.
“O‘rgimchak odam: yangi kun” esa o‘z rekordlarini o‘rnatishda davom etmoqda. Film jahon prokatida 2 milliard dollarlik marrani allaqachon bosib o‘tgan.