“Sun’iy” filmining ilk tizeri chiqdi

Bosh rollarni Endryu Garfild va Yura Borisov ijro etgan.
NEON “Претенденты” filmi rejissyori Luka Guadanyinoning yangi “Sun'iy” filmining ilk tizerini taqdim etdi.
Film OpenAI atrofida yuz bergan voqealar va sun’iy intellektning jadal rivojlanishi haqida hikoya qiladi. Uning markazida Sem Altman tarixi turadi. Endryu Garfild Sem Altman rolini, Yura Borisov esa OpenAI asoschilaridan biri Ilya Sutskever obrazini gavdalantirgan. Aynan Sutskever 2023-yil noyabrida direktorlar kengashining Alt’manni kompaniya rahbari lavozimidan chetlatish haqidagi qarorida ishtirok etgan. Biroq bir necha kundan so‘ng Altman kompaniyaga qaytgan, korporativ inqiroz esa texnologiya industriyasi tarixidagi eng shov-shuvli voqealardan biriga aylangan.
Garfild va Borisovdan tashqari, filmda OpenAI’ning vaqtinchalik rahbari Mira Murati rolida Monika Barbaro, sun’iy intellekt sohasi pioneri Jefri Hinton rolida Mark Raylans, Ilon Mask rolida Ayke Barinholts, shuningdek Kuper Xoffman, Jeyson Shvartsman, Zosya Memet, Billi Lourd va Kris OʻDaud suratga tushgan.
Film AQShda cheklangan prokatga 25-dekabr kuni chiqadi, 2027-yil yanvarida esa namoyish geografiyasi kengaytiriladi.