Tom Kruz ishtirokidagi “Digger” filmining yakuniy treyleri chiqdi

E’lon qilingan sana· 72
Tom Kruz ishtirokidagi “Digger” filmining yakuniy treyleri chiqdi

Tom Kruz bosh rolni ijro etgan satirik komediya — “Digger” filmining final treyleri e’lon qilindi.

Film “Oskar” mukofoti sovrindori, “Birdman” filmi rejissyori Alexandro Gonsales Inyarritu tomonidan suratga olingan. Kartina 2-oktyabr kuni ekranlarga chiqadi.

Syujet markazida ko‘p milliard dollarlik kompaniya bosh direktori Digger Rokvell turadi. Uning harakatlari global falokatga olib keladi. Qahramon o‘zi sababchi bo‘lgan apokalipsisning oldini shaxsan olishga qaror qilib, dunyo bo‘ylab sayohatga chiqadi.

Ikkinchi darajali rollarda Jon Gudman, Riz Ahmed, Sandra Hyuller, Jessi Plemons va boshqalar suratga tushgan. Film operatori — “Древо жизни” va “Выживший” filmlari bilan tanilgan Emmanuel Lyubetskiy.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling