Yangi “O‘rgimchak odam” filmi qachon chiqishi ma’lum bo‘ldi

E’lon qilingan sana· 66
Yangi “O‘rgimchak odam” filmi qachon chiqishi ma’lum bo‘ldi

Sony Pictures rahbari Ravi Aхuja “O‘rgimchak odam” haqidagi navbatdagi filmni yaqin ikki yil ichida kutmaslik kerakligini aytdi. Hozircha kartinaning aniq premyera sanasi yo‘q, biroq 2027-yilda superqahramon haqidagi animatsion franshizaning yangi qismi chiqishi kutilmoqda.

Gap “O‘rgimchak odam: Koinotlar ortida” multfilmi haqida ketmoqda. Bu Maylz Morales haqidagi trilogiyaning uchinchi va yakuniy qismi bo‘lib, uning xorijiy prokat premyerasi 2027-yil 18-iyunga rejalashtirilgan.

Ayni paytda Tom Holland ishtirokidagi “O‘rgimchak odam: yangi kun” filmi jahon prokatida 2,4 milliard dollar yig‘ib, reytingda “Odisseya” va “Ayyor Koyot"ni ortda qoldirmoqda. Film tarixda 2,4 milliard dollarlik marradan oshgan uchinchi kartinaga aylandi — undan yuqorida faqat “Avatar” (2,92 milliard dollar) va “Qasoskorlar: Final” (2,79 milliard dollar) bormoqda.

Prokat sur’ati shu tarzda davom etsa, “O‘rgimchak odam: yangi kun” Marvel tarixidagi eng kassabop filmga aylanishi mumkin. Tom Holland esa Piter Parker roli uchun 100 million dollardan ortiq daromad olishi kutilmoqda: uning kafolatlangan gonorari kamida 20 million dollarni tashkil etadi, qolgan qismi esa jahon prokatidan olinadigan bonuslarga bog‘liq.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling