“Avatar: Yetti boshpana” multseriali treyleri chiqdi

E’lon qilingan sana· 29
“Avatar: Yetti boshpana” multseriali treyleri chiqdi

Paramount+ “Avatar: Yettita boshpana” yangi multserialining treylerini taqdim etdi. Serial “Avatar: Aang afsonasi” va “Korra afsonasi” orqali tanish bo‘lgan olam tarixini davom ettiradi.

Paramount+ “Avatar: Yettita boshpana” yangi multserialining treylerini taqdim etdi. Serial “Avatar: Aang afsonasi” va “Korra afsonasi” orqali tanish bo‘lgan olam tarixini davom ettiradi.

Bosh qahramon — yosh sehrgar Pavi. U Korra’dan keyin yangi Avatar aynan o‘zi ekanini bilib qoladi. Biroq dunyo uni bir vaqtlar Avatar Aangni kutib olganidek qarshi olmaydi: halokatli kataklizmdan so‘ng insoniyat Avatarning qutqaruvchi emas, sivilizatsiyaning yo‘q bo‘lib ketishiga sababchi ekaniga ishonadi. Shu sababli Pavi bir vaqtning o‘zida odamlar va ruhlardan yashirinishga majbur bo‘ladi.

Vaziyatni Pavining undan ajralib qolgan sirli egizak singlisi Nisha yanada murakkablashtiradi. Ular birgalikda o‘z oilasining kelib chiqishini aniqlashi va insonlar yashaydigan hududlar ruhlar olami bilan tobora ko‘proq to‘qnashayotgan bir paytda sivilizatsiyaning so‘nggi yirik tayanchlari bo‘lgan Yettita boshpanani qutqarishi kerak bo‘ladi.

Serialni “Avatar: Aang afsonasi” va “Korra afsonasi"ning asl ijodkorlari Maykl Dante DiMartino va Brayan Konitsko yaratmoqda.

Premyera 9-oktyabr kuni Paramount+ platformasida bo‘lib o‘tadi. Birinchi mavsum 13 ta yarim soatlik qismdan iborat bo‘ladi, serialning jami 26 qismi esa ikki kitobga bo‘lingan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling