Kianu Rivz yangi ekshen-trillerda Markaziy razvedka boshqarmasi agenti rolini o‘ynaydi

E’lon qilingan sana· 489
Kianu Rivz yangi ekshen-trillerda Markaziy razvedka boshqarmasi agenti rolini o‘ynaydi

Kianu Rivz Oliver Louening hali nashr etilmagan “Kill Current: A Jon Hendricks Thriller” romani asosidagi filmda bosh rolni ijro etadi. Loyiha aktyor Aleksandra Grant bilan birga asos solgan Two Dragonflies prodyuserlik kompaniyasining ilk filmi bo‘ladi. Rivz kartinaning prodyuseri sifatida ham ishtirok etadi.

Syujet markazida sobiq Markaziy razvedka boshqarmasi xodimi Jon Hendriks turadi. Kasbiy faoliyatidan uzoqlashib, ruhiy jihatdan charchagan qahramon o‘z shogirdining o‘limidan so‘ng yana xizmatga qaytishga majbur bo‘ladi. U shogirdining o‘limi uchun qasos olishga kirishar ekan, o‘zgaruvchan ittifoqlar va dunyoning eng qimmatbaho resurslari uchun kurash ketayotgan xalqaro mojaroga aralashib qoladi.

“Kill Current” Hendriks haqidagi rejalashtirilgan turkumning birinchi kitobi bo‘ladi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling