“Lyupen” serialining to‘rtinchi mavsumi treyleri chiqdi
E’lon qilingan sana: · 33

Netflix “Lyupen” serialining to‘rtinchi mavsumi uchun rasmiy treylerni taqdim etdi. Barcha qismlar 23-oktyabr kuni striming platformasida chiqadi.
O‘tgan mavsum voqealaridan to‘rt yil o‘tib, bosh qahramon — oliyjanob firibgar Assan Diop (Omar Si) ozodlikka chiqadi va tug‘ilib o‘sgan Senegalga borib, oilasi bilan birlashishni rejalashtiradi. Biroq sirli taqlidchining paydo bo‘lishi uni yana jinoyat yo‘liga qaytishga majbur qiladi.
Lyudivin Sanye, Antuan Gui, Shirin Butella va boshqalar ham o‘z rollariga qaytadi. Shouranner sifatida yana Jorj Key (“Захваченный рейс”) ishlagan. Serial yozuvchi Moris Leblanning Arsen Lyupen haqidagi asarlari turkumiga asoslangan.