Kristofer Nolanning “Odisseya” filmi Universal tarixidagi eng kassabop kartinaga aylandi

E’lon qilingan sana· 108
Kristofer Nolanning “Odisseya” filmi Universal tarixidagi eng kassabop kartinaga aylandi

Kristofer Nolanning “Odisseya” filmi Universal Pictures tarixidagi eng kassabop kartinaga aylandi.

Filmning jahon prokatidagi yig‘imlari 1,68 milliard dollarga yetdi va shu orqali studiyaning avvalgi rekordchisi — 2015-yilda chiqqan, qariyb 1,67 milliard dollar ishlab topgan “Мир Юрского периода” filmini ortda qoldirdi. “Odisseya”, shuningdek, Kristofer Nolanning faoliyatidagi eng kassabop filmga aylandi va “Тёмный рыцарь: Возрождение легенды” filmining 1,085 milliard dollarlik natijasidan oshib ketdi.

Filmda bosh rolni Mett Deymon ijro etgan, shuningdek Enn Xeteuey, Tom Holland, Robert Pattinson, Zendeya, Lupita Nyongʻo va Sharliz Teron suratga tushgan. Film Gomerning qadimgi yunon dostoni asosida ishlangan bo‘lib, Troya urushidan so‘ng Odisseyning Itakaga qaytishi haqida hikoya qiladi.

Kartina boshqa bir qator prokat rekordlarini ham o‘rnatdi. Xususan, “Odisseya” R reytingiga ega filmlar orasida eng ko‘p daromad keltirgan hamda IMAX formatidagi eng muvaffaqiyatli filmga aylandi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling